O’zbekiston Respublikasida aholi turmush darajasi va faravonligining rivojlanishi tahlil

Картинки по запросу анализ1. Aholi turmush darajasini o`rganishning uslubiy jihatlari

O`zbekiston Respublikasi aholisining turmush darajasi va farovonligini o`rganish maqsadida, davlat statistika organlari tomonidan har yili uy xo`jaliklarida tanlama usulda kuzatuvlar o`tkaziladi.

O`z navbatida, uy xo`jaliklarida kuzatuv o`tkazish uslubiyoti Jahon Banki va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa Iqtisodiy Komissiyasining tavsiyalariga asoslangan bo`lib, O`zbekiston Respublikasining barcha hududlarida o`tkaziladi va ularning soni bir yilda 10000 tani tashkil etadi. Ushbu tanlama kuzatuv hajmi respublika bo`yicha jami uy xo`jaliklarining 0,2 foizini tashkil etadi.

2016 yilda o`tkazilgan uy xo`jaliklari tanlama kuzatuvlarida 50 mingdan ortiq aholi qamrab olingan bo`lib, o`rtacha bir uy xo`jaligiga 5,1 kishidan to`g`ri kelganini ko`rsatdi. Jami kuzatilgan aholidan 48,7 foizi erkaklar va 51,3 foizi ayollarni tashkil etdi. Shuningdek, o`n olti yoshgacha bo`lgan bolalarning ulushi 30,8 foizni, o`n olti yosh va undan kattalarning ulushi 69,2 foizni tashkil etib, respublika bo`yicha mehnatga layoqatli aholining ulushi jami aholiga nisbatan 58,8 foizni tashkil etdi.

2. Respublikada aholi daromadlari va xarajatlarining o`zgarishi tendentsiyalari

So`nggi yillarda hukumatimiz tomonidan aholi daromadlari va turmush darajasini yanada oshirish, fuqarolarni ijtimoiy qo`llab quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida aholi jon boshiga to`g`ri keladigan daromadlar, ish haqi va pensiyalar izchil ravishda o`sib borgani yaqqol namoyon bo`lmoqda.

Quyida keltirilgan ma`lumotlarga ko`ra, 2000-2016 yillarda aholi jon boshiga daromadlar, ish haqi va pensiyalarning yilda yilga o`sib borish tendentsiyalarini kuzatish mumkin. Ammo so`nggi yillarda daromadlarning tarkibidagi asosiy manbalaridan hisoblangan ish haqi hamda pensiyalarning o`sish sur`atlari pasaygan bo`lib, bu holat aholining umumiy daromadlariga ham o`z ta`sirini ko`rsatgan.

1-jadval

2000-2016 yillarda respublika aholisi daromadlari, ish haqi va pensiyalar to`g`risida ma`lumot

Ko`rsatkichlar nomi

2000

2005

2010

2016

I. Aholi jon boshiga umumiy daromadlar, ming so`mda

96,4

371,8

1668,1

4565,2

o`tgan yilning mos davriga nisbatan real o`sishi, foizda

124,7

117,4

120,1

110,0

II. Yillik o`rtacha nominal hisoblangan ish haqi, ming so`mda

13,5

81,5

504,8

1293,8

o`tgan yilning mos davriga nisbatan, foizda

146,0

138,7

129,4

110,4

III. Belgilangan o`rtacha pensiya miqdori (yil oxiriga), ming so`mda

7,4

31,7

171,9

494,2

o`tgan yilning mos davriga nisbatan, foizda

152,0

143,5

125,9

112,8

O`tgan davr mobaynida aholi jon boshiga daromadlar muntazam ravishda oshib borgan va 2016 yil ma`lumotlari bo`yicha daromadlar 2000 yildagi darajasiga nisbatan 11,7 marta real oshgan. Shuningdek, ushbu davr oralig`ida o`rtacha ish haqi hamda pensiyalar miqdori mos ravishda 23,6 va 18,1 marta ortgani kuzatildi.

1-rasm

O`zbekiston Respublikasida 2000 yilga nisbatan aholi jon boshiga daromadlar, ish haqi va pensiyalarning o`sishi dinamikasi (barobar)

O`z navbatida, 2016 yil ma`lumotlari bo`yicha daromadlar tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning ulushi 73,3 foizni (2010 yilda 69,9 foiz), transfert shaklida olingan daromadlarning ulushi 20,3 foizni (2010 yilda 25,9 foiz), mol-mulkdan olingan daromadlarning ulushi 4,0 foizni (2010 yilda 2,4 foiz), shaxsiy iste`mol uchun o`zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlarning ulushi esa 2,4 foizni (2010 yilda 1,8 foiz) tashkil etgan. Mehnat faoliyatidan olingan daromadlar ulushi ko`payishining asosiy omili bo`lib yangi ish o`rinlarini yaratish orqali aholi bandligini oshirishga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida yuzaga kelganligidir.

2-rasm

O`zbekiston Respublikasida 2010-2016 yillarda aholi umumiy daromadlarining tarkibi (foizda)

Shuningdek, kichik biznes va tadbirkorlik sub`ektlarini qo`llab-quvvatlashga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida aholining kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi yil sayin oshib borib, 2016 yilda 55,2 foizni tashkil etdi.

3-rasm

O`zbekiston Respublikasida aholi umumiy daromadlari tarkibida, kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlar ulushi (foizda)

Aholi jon boshiga umumiy daromadlarining nominal o`sish sur`ati barcha hududlarda 10 foizdan kam bo`lmagan bo`lsada, tarkibiy jihatdan aholi jon boshiga eng yuqori daromad Toshkent shahri va Navoiy viloyatiga to`g`ri keladi.

4-rasm

Hududlar bo`yicha aholi jon boshiga umumiy daromadlar miqdori (ming so`mda)

Keyingi to`rtlik Buxoro, Toshkent, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari hissasiga to`g`ri keladi. Aholi jon boshiga yillik eng kam daromad miqdori Qoraqalpog`iston Respublikasiga (3193,5 ming so`m) to`g`ri keladi.

O`rganilayotgan davrda daromadlarning taqsimlanishida ham ijobiy o`zgarishlar kuzatilmoqda. Aholi guruhlari o`rtasida daromadlarning teng taqsimlanishini aks ettiruvchi Djini koeffitsienti respublikasida 2000 yildagi 0,39 dan 2016 yilda 0,26 gacha kamaydi. Bu esa o`z navbatida jon boshiga to`g`ri keladigan daromadlar bo`yicha aholining tabaqalanishini sezilarli darajada kamayishidan darak beradi.

Bu o`zgarishlarni yana boshqa ba`zi ko`rsatkichlar yordamida, ya`ni aholini daromadalari bo`yicha detsil hamda kvintil guruhlari kesimida ham ko`rish mumkin. Jumladan, 2000-2016 yillarda detsil koeffitsientining 21,1 barobardan 6,4 barobargacha, kvintil koeffitsientining esa 9,9 barobardan 4,1 barobargacha kamayish tendentsiyasini keltirish mumkin.

5-rasm

Respublikada fondlar koeffitsientining o`zgarishi tendentsiyasi (barobar)

Aholi daromadlarini oshib borishi bilan bir vaqtda mamlakatimizda iste`mol tovarlarining mahalliylashtirilishi hamda ularni ishlab chiqarish hajmini oshirish, aholiga xizmat ko`rsatish turlarini kengaytirish hisobidan ushbu daromadlardan samarali foydalanish uchun sharoitlar yaratib kelinmoqda.

Shuningdek, aholining iste`mol xarajatlari tarkibi yildan yilga optimallashib, oziq-ovqat mahsulotlari uchun xarajatlar barqarorlashib, nooziq-ovqat va xizmatlarga qilinayotgan xarajatlar ulushi ortib bormoqda. Buni quyida keltirilgan grafikda ham ko`rish mumkin.

2016 yilda 2000 yilga nisbatan aholining iste`mol xarajatlari tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 14,1 foizga kamaygan bo`lsa, nooziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishga qilingan xarajat 7,6 foizga va xizmatlarga qilingan xarajatlarning ulushi 6,5 foizga oshgan.

6-rasm

O`zbekiston Respublikasida 2000-2016 yillarda aholi iste`mol xarajatlarining tarkibiy o`zgarishi (foizda)

Quyidagi grafikda iste`mol xarajatlari tarkibini yanada kengroq talqin etish orqali, aholi tomonidan eng ko`p oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishga (44,3%), boshqa nooziq-ovqat mahsulotlariga (22%), kiyim kechak va oyoq kiyimlarga (10,3%), kommunal xizmatlarga (7,7%) xarajatlar amalga oshirilayotganligini ko`rish mumkin.

7-rasm

2016 yilda iste`mol xarajatlari tarkibi

3. Aholi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarining iste`mol qilinishi

Respublika doimiy aholi o`rtacha soni 2000-2016 yillarda 29,2 foiz oshganiga qaramay, oxirgi 16 yil davomida aholi daromadlarining muntazam o`sishi moliyaviy imkoniyatlarning mustahkamlanishini va aholi tomonidan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini iste`mol qilish hajmining oshishini ta`minladi. Jumladan, 2016 yil yakunlari bo`yicha sabzavotlar – 277,2 kilogramm, mevalar – 148,8 kilogramm, tuxum – 213,6 dona, go`sht va go`sht mahsulotlari – 44,4 kilogramm, sut va sut mahsulotlari – 279,6 litr, kartoshka – 56,4 kilogramm, shakar – 32,4 kilogramm, o`simlik yog`i – 24,0 kilogrammni tashkil etdi.

8-rasm 

2000-2016 yillarda aholi jon boshiga oziq-ovqat mahsulotlari iste`moli (kg)

Shuni alohida ta`kidlash lozimki, mustaqilligimizning dastlabki yillarida iste`mol uchun zarur bo`lgan g`alla, go`sht va go`sht mahsulotlari, sut mahsulotlari, kartoshka va boshqa mahsulotlar chetdan keltirilgan bo`lsa, bugungi kunga kelib ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarilishining jadal rivojlanishi natijasida xalqimiz ehtiyojlarini to`liq ta`minlabgina qolmay ko`plab chet mamlakatlariga eksport qilib kelinmoqda.

2000-2016 yillarda aholi jon boshiga to`g`ri keladigan iste`mol hajmi, asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan go`sht va go`sht mahsulotlari 1,3 marta, sut mahsulotlari 1,7 marta, tuxum 4,5 marta, sabzavot va polizlar 2,2 marta, kartoshka 1,6 marta, shakar va qandolat mahsulotlari 2 marta, meva va rezavorlar 3,5 marta, o`simlik yog`i esa 2 martaga oshgan.

4. Respublika aholisini uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar bilan ta`minlanganligining o`zgarishi tendentsiyalari

2000-2016 yillar mobaynida aholining uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar bilan ta`minlanganlik darajasi va tarkibida ham sifat jihatidan o`zgarishlar kuzatilmoqda, eng muhim jihati shundaki, bu kabi halq iste`moli tovarlarining aksariyati bugungi kunda respublikamizda ishlab chiqarilmoqda.

Jumladan, aholining shaxsiy yengil avtomobillar bilan ta`minlanganlik darajasi 2016 yil yakunlariga kelib har 100 xonadonga 43 ta yetdi. Shuningdek, har bir 100 xonadonga to`g`ri kelgan televizorlar soni 153 tani tashkil etib, 2000 yilga nisbatan 1,7 marta oshgan.

9-rasm

Yengil avtomobillar va televizorlar bilan ta`minlanganligi, 100 ta uy xo`jaligiga 

Shuningdek, sovutgich va muzlatgichlar – 102 dona (o`sish 1,2 barobar), konditsionerlar – 34 dona (o`sish 3,0 barobar), elektr changyutgichlar – 54 dona (o`sish 1,8 barobar), kir yuvish mashinalari – 80 dona (o`sish 1,1 barobar) tashkil etdi.

10-rasm

Sovutgich va muzlatgichlar, konditsionerlar, elektr changyutgichlar, kir yuvish mashinalari bilan ta`minlanganligi, 100 ta uy xo`jaligiga 

Bundan tashqari, shaxsiy kompyuterlar, ya`ni stolga qo`yiladigan, ko`chma kompyuter (noutbuk, netbuk), planshet va boshqa yonida olib yuriladigan kompyuter hamda uyali aloqa telefonlarining aholi hayotiga shiddat bilan kirib kelishi va bu vositalarning imkoniyatlari kundan kunga kengayib borishi va aholi uchun aloqa qilish, axborot almashish va dunyodagi yangiliklardan tezkor ravishda xabardor bo`lish bilan bir qatorda ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish imkoniyatini yaratib berdi.

2016 yil yakuniy ma`lumotlariga ko`ra, 100 ta uy xo`jaligiga to`g`ri kelgan shaxsiy kompyuterlar 49 donani (2000 yilda esa bu ko`rsatkich 0,2 donani tashkil qilgan edi) tashkil etgan bo`lsa, 2000-2016 yillar mobaynida uyali aloqa telefonlari bilan ta`minlanganligi deyarli 13,6 barobarga oshib, 2016 yil yakuniga kelib har 100 xonadonga 246 tadan, ya`ni har bir xonadonga 2,5 tadan uyali aloqa telefonlari to`g`ri keldi.

11-rasm

Shaxsiy kompyuterlar va mobil telefonlar bilan ta`minlanganligi, 100 ta uy xo`jaligiga 

Olingan ma`lumotlarga ko`ra, aholining ta`minlanganlik darajasidan kelib chiqib shuni hulosa qilish mumkinki, bugungi kunda aholining kundalik hayotida zarur bo`lgan tovarlar qatorida elektr changyutgichlar, kir yuvish mashinalari, kompyuterlar hamda kondentsionarlarga hali hamon ehtiyoj mavjudligini bildiradi.

O`z navbatida ma`lumotlar respublikamizda bu kabi tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda horijiy davlatlardan tovarlarni import qiluvchi tashkilotlar uchun egallanmagan katta qismdagi iste`mol bozorining mavjud ekanligidan dalolat beradi.

Aholi turmush darajasini baholashda jon boshiga to`g`ri keladigan daromad, xarajatlarning tarkibiy o`zgarishi, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari iste`moli va uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar bilan ta`minlanganligi bilan bir qatorda yashash sharoiti va standartlari, aholining obod va zamonaviy uy-joylar bilan ta`minlangani, aholi istiqomat qiladigan muhitni rivojlantirish hamda obodonlashtirish, zarur infratuzilmaning mavjudligi va uning samarasi, zamonaviy talablar asosida ta`lim olish hamda sog`liqni saqlash tizimidan qoniqish kabi muhim ko`rsatkichlardan foydalaniladi.

Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi, stat.uz

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.

Share

3 Replies to “O’zbekiston Respublikasida aholi turmush darajasi va faravonligining rivojlanishi tahlil”

  1. Pingback: Установка предельных цен - ошибка или необходимость, опыт развитых стран мира

  2. Контактный Телефон: +998 90 373 96 69 Расул.

    ОБУЧЕНИЕ ТОРГОВЛЕ НА РЫНКЕ ФОРЕКС, БИНАРНЫЙ ОПЦИОН и Криптовалют (Bitcoin, LiteCoin, Сатоши и др.)в Ташкенте и по всему Узбекистану!! Индивидуальное обучение.
    Уклон на Фундаментальный анализ и технический анализ. Полный курс 200 $. 50% предоплата, а остальное после обучения с прибыля. + Пополнение счета с бонусом и вывод! Узбек ва Рус тилида утилади!!! Звоните на номер или Пишите в WhatsApp, imo, Telegram, а также звоните и пишите смс.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*