2017 yil dekabr oyi uchun O’zbekiston Respublikasining iste’mol sektorida inflyatsiya darajasi

2017 yilning dekabr oyida tovar va xizmatlar narxlari darajasi o’rtacha 2,7 %ga oshdi, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari  4,4 %ga, nooziq-ovqat mahsulotlari 1,8 %ga va xizmatlar 0,8 %ga ko’tarilgan. 

Diagrammada ko’rinmoqdaki, 2017 yil dekabr oyida asosiy inflyatsion omil sifatida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o’sishi bo’ldi (ta’sir ulushi 70,2 %). Ma’lumot uchun: 2016 yilning dekabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining ko’tarilishi umumiy INI o’sishida 73,3 %, nooziq-ovqat mahsulotlari 22,2 %, xizmatlar 4,5 % ni tashkil etgan.

2. Oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol narxlari indeksi

Yuqorida qayd etilganidek, oziq-ovqat mahsulotlari oy davomida o’rtacha 4,4 %ga qimmatlashib, INI umumiy o’sishini 1,9 f.d1 ta’minladi. Ma’lumot uchun: 2016 yilning dekabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari  2,0 %ga qimmatlashgan.

2017 yil dekabr oyida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o’sishi

(o’tgan oyga nisbatan % da)

2017 yil dekabr oyida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o’sishi bilan bir qatorda, ayrim  mahsulotlarning narxlari arzonlashganligi kuzatildi. Jumladan sabzi 15,9 %ga, karam 5,9 %ga, mosh 4,7 %ga va parranda go’shti mahsulotlari narxlari 4,5 %ga arzonlagan. 

3. Nooziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol narxlari indeksi

Nooziq-ovqat mahsulotlarining oy davomida 1,8 %ga qimmatlashdi, bu o’z navbatida umumiy INIning 0,6 % f.d. o’sishiga olib keldi. Ma’lumot uchun: 2016 yilning dekabr oyida nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari o’sishi 0,8 %ni tashkil etgan. Nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarining umumiy o’sishda  75,0 %ni quyidagi mahsulotlar hisobiga ro’y berdi:

 4. Xizmatlar iste’mol narxlari indeksi

Aholi uchun pullik xizmatlar sohasi dekabr oyida 0,8 %ga qimmatlashdi. Bu esa  iste’mol narxlari indeksining umumiy o’sishiga 0,2 % f.d.da ta’sir qildi. Ma’lumot uchun: 2016 yilning dekabr oyida xizmatlar sohasi tarifi  0,3 %ga oshgan. Ushbu sohada asosiy inflyatsion omil sifatida huquqiy xususiyatga ega xizmatlar va bank xizmati tariflari 15,0 %ga, maishiy xizmatlar 1,6 %ga, ta’lim xizmatlari 1,2 %ga va tibbiyot xizmatlari 1,1 %ga qimmatlashdi.

1 f.d.foiz darajasi

Manba: Narxlar statistikasi boshqarmasi, stat.uz

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.

Share

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*