Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonida mahsulotlar bozoriga chiqish muzokaralari bo‘yicha salohiyatni mustahkamlash

Toshkentda BMTTDa Jahon savdo tashkiloti (JST) bilan hamkorlikda vazirlikla va idoralar vakillari uchun JSTga a’zo bo‘lish jarayoni doirasida tarif imtiyozlarining ma’lumotlar rzyhatini tayyorlash bo‘yicha trening tashkil etildi. 20dan ziyod ishtirokchilar mahsulotlar bozoriga chiqish uchun ikki tomonlama muzokaralarni olib borish hamda mahsulotlarni erkinlashtirish jadvalining texnik jihatlarini o‘rganish borasida o‘z bilimlarini oshirdilar.

«Shuni nazarda tutish zarur-ki, JSTga a’zo bo‘lish, tom ma’noda ichki islohotni o‘tkazish vositasidir. Hukumatning JSTga a’zo bo‘lish haqidagi talabnomasi uning chuqur islohotlarni o‘tkazishga tayyorligidan darak beradi; bu savdo siyosatining doirasidan chiquvchi ichki tizimli islohotlarning faollashtiruvchi hamda jadallashtiruvchi mexanizmi bo‘la olishi mumkin. Qoidaga binoan, JSTga qo‘shilish, yanada kengroq tizimli islohotlar paketining sababi emas, balki uning qismi bo‘lib hisoblanadi. Yaqindagina qo‘shilgan aksariyat a’zo mamlakatlar a’zo bo‘lish jarayonidan ichki islohotlarni o‘tkazish va xorijiy investitsiyalarni bevosita jalb qilishda foydalanganlar», deya ta`kidladi kursining ochilishidagi nutqida JSTning xalqaro maslahatchisi hamda kurs treneri janob Yurgen Rixter.

Ishtirokchilar mahsulotlar bozoriga chiqishdagi olib boriladigan ikki tomonlama muzokaralarning dastlabki taklifini tuzishdan tortib, to jamlangan ro‘yhatlar jamlanmasini tayyorlashga qadar bo‘lgan, deyarli barcha jihatlari bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tdilar. Shuningdek, treningda ikki tomonlama samarali muzokaralarni o‘tkazishda davlat mansabdorlarining salohiyatlarini oshirishga qaratilgan bozorga chiqish muzokaralarini olib borishning nazariy taqdimotlar amaliy mashqlar bilan birlashtirib berildi.

Kursning natijalariga ko‘ra, trening ishtirokchilari JSTga a’zo bo‘lish uchun O‘zbekiston Respublikasining Tarif Taklifini ishlab chiqishda qo‘llashlari kutilmoqda.

JST tashkilotining 1995 yilda tashkil etilganidan buyon yangi a’zolardan 36tasi qo‘shilish jarayonini yakunladilar, buning natijasida, JST bugunga kelib, 164ta davlatlar va bojxona xududlarini birlashtirmoqda. Shuningdek, xozirda 21ta hukumat, shu jumladan O‘zbekiston ham, JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralar olib borish jarayonidadirlar.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.

Share

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*