Анализ макроэкономических показателей Узбекистана в годах независимости (1991-2016)


Yalpi ichki mahsulot
 (YAIM) —
bu mamlakat hududida muayyan davr (oy, chorak, yil) mobaynida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning puldagi ifodasidir. 

Mamlakat hududida joylashgan barcha korxonalar (chet el va qoʻshma korxonalari ham shu hisobga kiradi) tomonidan jami ishlab chiqarish omillari bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning bozor qiymatlaridagi ifodasi boʻlib, uning miqdori milliy hisoblar tizimi asosida hisoblab chiqiladi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini makrodarajada tavsiflash va tahlil etishda foydalaniladi. Oʻzbekistonda 2003 yilda amaldagi narxlarda 9964,1 mlrd. soʻmlik YAIM ishlab chiqarildi. Bu 2002 yilga nisbatan 4,4 % ga koʻp demakdir. Yaratilgan YAIMning tarmoq tuzilmasi quyidagicha: uning 48,5% tovarlar ishlab chiqarish (uning 15% sanoatda, 28,8% q.x.da, 4,5% qurilishda) va 38,1% xizmatlar koʻrsatish (uning 8,5% traneport va aloqada, 9,4% savdo va umumiy ovqatlanishda, 20,2% bozor va nobozor xizmatlarda)ga, 13,4% mahsulot va eksportimport operatsiyalari sof soliqlariga toʻgʻri keldi. Milliy statistikada asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkich sifatida YAIM yoki yalpi milliy mahsulot (YAMM), hatto yalpi milliy daromad (YAMD) ham qabul qilinishi mumkin. Mas, AQSH va Yaponiyada YAIM emas, balki YAMM asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkich hisoblanadi. Ammo BMT ning milliy hisoblar tizimida YAIM birlamchi iqtisodiy koʻrsatkich boʻlib xizmat qiladi. Miqdor jihatdan bu koʻrsatkichlar oʻrtasidagi tafovut unchalik katta emas: rivojlangan mamlakatlarda bu tafovut bir foizdan oshmaydi. Chet ellarda ishlovchi fuqarolardan tushadigan daromadlar salmoqli boʻlgan mamlakatlarda bu tafovut kattaroq boʻlishi mumkin.

1. Yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish

2016 yil yakunlari bo`yicha O`zbekiston yalpi ichki mahsuloti 199325,1 mlrd. so`mni tashkil qildi. YAIM ning 1991-2016 yillarda o`rtacha yillik o`sish sur`ati 4,5 foizni tashkil qildi. (1-rasm).

1-rasm. 1991-2016 yillarda YAIMning o`sish sur`atlari, o`tgan yilga nisbatan foiz hisobida.

O`zbekiston o`zining rivojlanish modelini izchil amalga oshirishi natijasida, boshqa sobiq ittifoqi mamlakatlariga nisbatan eng qisqa muddatlarda, ya`ni 1996 yildayoq iqtisodiy tanazzulning oldini oldi, makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minladi va iqtisodiyot tarkibini o`zgartirish bilan bog`liq asosiy iqtisodiy masalalarni amalga oshirishga kirishdi.

O`zbekiston iqtisodiyoti 1996-2003 yillar davomida o`rtacha yillik 4% o`sish darajasi bilan rivojlandi.

Qulay ishblarmonlik muhitini yaratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlari natijasi sifatida mamlakatimiz iqtisodiyoti 2004 yildan boshlab yillik 7-9 foiz darajasidagi yuqori va barqaror o`sish sur`atlarini namoyish qila boshladi.

1jadval. O`zbekiston Respublikasi bo`yicha yalpi ichki mahsulotning tarmoqlari tarkibi (joriy narxlarda, mlrd. so`m)

 

1995y.

2000y.

2005y.

2010y.

2016y.*

           

I. YAIM, jami

302,8

3 255,6

15 923,4

62 388,3

199 325,1

shu jumladan:

         

Yalpi qo`shilgan qiymat

263,0

2 848,0

14 233,3

56 671,4

182 071,9

Mahsulotlarga sof soliqlar

39,8

407,6

1 690,1

5 716,9

17 253,2

IIYalpi qo`shilgan qiymat

263,0

2 848,0

14 233,3

56 671,4

182 071,9

Qishloqo`rmon
va baliq xo`jaligi

85,1

978,5

4 192,8

11 201,0

32 048,1

Sanoat
(
qurilishni qo`shgan holda)

73,1

658,6

4 142,0

18 875,3

59 820,9

sanoat

51,7

462,4

3 370,9

15 114,8

46 708,7

qurilish

21,4

196,2

771,1

3 760,5

13 112,2

Xizmatlar

104,8

1 210,9

5 898,5

26 595,1

90 202,9

savdo, yashash va ovqatlanish bo`yicha xizmatlar

23,1

351,6

1 400,2

5 982,7

19 137,3

tashish va saqlash,
axborot va aloqa

22,1

250,6

1 676,7

7 337,7

22 745,8

boshqa xizmat tarmoqlari

59,6

608,7

2 821,6

13 274,7

48 319,8

*) dastlabki ma`lumotlar

Oxirgi 10 yilda (2007-2016yillar) YAIM 2,2 barobardan ko`proq o`sdi.

2-rasm. Oxirgi 10 yillikda (2007-2016yillar) YAIM va tarmoqlar kesimida yalpi qo`shilgan qiymatning o`sish sur`atlari, 2006y. = 100%.

Iqtisodiy o`sishning asosiy omillari va manbalari tahlili shuni ko`rsatadiki, oxirgi 10 yil davomida iqtisodiyotning yuqori o`sish sur`atlari qishloq xo`jaligida 1,9 marta (2007-2016 yillar uchun o`rtacha yillik o`sish – 6,5%), sanoatda – 1,7 barobar (5,6%), qurilishda – 3,9 barobar (15,0%), xizmatlar sohasida – 2,5 barobar (9,7%) o`sganligi hisobiga ta`minlangan.

Qulay ishbilarmonlik muhitining yaratilishi, investitsiyalarning keng jalb qilinishi natijasida nafaqat iqtisodiy o`sish sur`atlarining oshishi, balki iqtisodiyot tarkibida muhim sifat o`zgarishlarining yuz berishi ta`minlandi.

Tarkibiy o`zgarishlar borasidagi siyosatning izchil amalga oshirilishi natijasida mamlakat iqtisodiyoti tarkibi diversifikatsiya qilindi.

3-rasm. YAIM tarkibining o`zgarish dinamikasi, %.

Mustaqillik yillarida sanoat tarmog`i va xizmatlar sohasining rivojlanish salohiyatini yanada kengaytirilishi natijasida YAIM tarkibida qishloq xo`jaligi ulushining (1995 yilda 32,4 foizdan 2016 yilda 17,6 foizga) bosqichma-bosqich kamayish tendentsiyasi saqlanib qoldi. Shu bilan birga, YAIM tarkibida qishloq xo`jaligi ulushining kamayishi qishloq xo`jaligi mahsulotlarining ijobiy o`rtacha yillik o`sish sur`atlari fonida sodir bo`ldi.

Sanoat tarmog`ini diversifikatsiyalash, modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash bo`yicha chora-tadbirlarning qabul qilinishi natijasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmining o`sishi va YAIM tarkibida sanoatning (qurilishni qo`shgan holda) ulushi 1995 yildagi 27,8 foizdan 2016 yilda 32,9 foizgacha oshishi ta`minlandi.

Shu bilan birga, xizmatlar sohasining rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti, bandlik va aholi daromadlari o`sishining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Xizmat ko`rsatish va servis sohasini isloh qilish bo`yicha chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi natijasida, mazkur tarmoq qisqa muddat ichida iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan sektoriga aylandi. Xizmatlar sohasining YAIM dagi ulushi 1995 yildagi 39,8 foizdan 2016 yilda 49,5 foizgacha oshdi.

Ichki halqa-2010y., o`rta halqa-2015y., tashqi halqa-2016y.

4-rasm. Sanoat yalpi qo`shilgan qiymatining tarkibi, jamiga nisbatan foizda

Mustaqillik yillarida YAIM tarkibida mulkchilik shakllari bo`yicha tub o`zgarishlar ro`y berdi. Nodavlat sektori YAIM ni ishlab chiqarishda asosiy o`rinni egalladi va uning ulushi 1995 yildagi 58,4 foizdan 2016 yilda 81,3 foizgacha oshdi.

5-rasm. YAIMni ishlab chiqarishning mulkchilik shakllari bo`yicha tarkibi.

Iqtisodiy islohotlarning ilk davrlaridayoq kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bilan birgalikda ob`ektlarni hususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish ko`p tarmoqli iqtisodiyotni shakllantirishdagi asosiy omil hisoblangan.

Kichik tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotining 2000-2016 yillardagi rivojlanishining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Uning asosiy rivojlanish ko`rsatkichlari quyidagicha:

6-rasm. 2000-2016 yillarda kichik biznes ulushining o`zgarish dinamikasi (YAIM ga nisbatan foizda)

Ishbilarmonlik muhitini isloh qilish bo`yicha chora-tadbirlarning qabul qilinishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni har tomonlama qo`llab quvvatlash va yanada rag`batlantirish natijasida uning YAIM dagi ulushi 2000 yildagi 31,0 foizdan 2016 yilda 56,9 foizgacha oshdi.

2. Yakuniy iste`mol usulida yalpi ichki mahsulot

Yakuniy iste`mol usuli orqali hisoblangan YAIM tarkibi to`g`risidagi ma`lumot yakuniy iste`mol talabini qondirish va mamlakat milliy boyligining o`sishi uchun iste`mol qilingan tovar va xizmatlar qiymati ulushini aniqlash, YAIM ning yakuniy iste`mol yo`nalishlari bo`yicha asosiy proportsiyalarini tahlil qilish imkonini beradi.

2jadval. YAIM ning yakuniy iste`mol yo`nalishlari bo`yicha tarkibi

 

1991y.

1995y.

2000y.

2005y.

2010y.

2016y.

YAIM  jami

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

Yakuniy iste`mol 
xarajatlar
i

77,0

72,9

80,6

64,3

64,8

74,4

uy xo`jaliklari

54,9

50,1

60,9

47,4

47,9

57,5

davlat boshqaruvi organlari

20,7

22,3

18,7

15,9

15,8

16,1

UXXKNT

1,4

0,5

1,0

1,0

1,1

0,8

Yalpi jamg`arilish

26,8

24,2

19,6

28,0

26,6

24,9

asosiy kapitalning

yalpi jamg`arilish

25,1

33,0

24,0

22,0

27,3

27,8

moddiy aylanma vositalari zaxirasining o`zgarishi

1,7

-8,8

-4,4

6,0

-0,7

-2,9

Tovar va xizmatlar eksport-importi saldosi

-3,8

2,9

-0,2

7,7

8,6

0,7

eksport

35,3

31,6

26,5

37,9

33,1

18,8

import

39,1

28,7

26,7

30,2

24,5

18,1

Joriy narxlarda YAIM iste`moli tarkibida asosiy ulushi yakuniy iste`mol xarajatlariga xissasiga to`g`ri keladi. Yakuniy iste`mol xarajatlarida asosiy ulush uy xo`jaliklari xarajatlari xissasiga to`g`ri keladi va ularning salmog`i 1991-2016 yillarda 44 foizdan 63 foizgachani tashkil etdi.

Kuzatilayotgan davrda YAIM tarkibida davlat muassasalarining yakuniy iste`molga qilgan xarajatlari ulushi sezilarli darajada o`zgarib turdi va 1991 yildagi 20,7 foizdan 2016 yilda 16,1 foizga kamayish tendentsiyasiga ega bo`ldi.

Notijorat tashkilotlari tomonidan uy xo`jaliklariga ko`rsatilgan nobozor xizmatlarining YAIM dagi ulushi o`rtacha 1,1 foizni tashkil etadi.

Yalpi jamg`arilish asosiy fondlar va moddiy aylanma vositalari o`sishini ifodalaydi. 1991-2016 yillarda yalpi jamg`arilishning ulushi barqaror rivojlanish tendentsiyasiga ega bo`lib, YAIM ning o`rtacha 25 foizini tashkil qildi. Yalpi jamg`arilishning asosiy ulushini asosiy kapitalning yalpi jamg`arilishi tashkil qilib, iqtisodiyotda investitsion faollikni ifodalaydi. Mazkur ko`rsatkichning ulushi 1991 yildagi 25,1 foizdan 2016 yilda 27,8 foizgacha o`sdi.

Kuzatilayotgan davr mobaynida tovarlar va xizmatlar sof eksportining YAIM dagi ulushi o`rtacha 2 foizni tashkil qildi (eksport 30,5%, import 28,5% ).

So`nggi yillarda YAIM ning asosiy elementlarida barqaror o`sish tendentsiyasi kuzatilmoqda.

7-rasm. 2001-2016 yillarda asosiy kapitalning yalpi jamg`arilishi va yakuniy iste`mol xarajatlarining o`zgarish dinamikasi (2000-100%).

2001-2016 yillar mobaynida yakuniy iste`mol xarajatlarining o`rtacha yillik o`sishi 9,6% ni tashkil qildi va kuzatilayotgan davr mobaynida 4,3 baravardan ko`proqqa oshdi. Bu esa, asosan uy xo`jaliklari xarajatlarining 5,3 marta oshishi hisobiga ta`minlandi. Shuningdek, davlat boshqaruv organlarining yakka tartibdagi va jamoa xizmatlari uchun real xarajatlari sezilarli darajada, 2,3 martaga oshdi. Kuzatilayotgan davr mobaynida jamoat tashkilotlari (diniy, xayriya va x. k.) faoliyatining faollashishi va kengayishi UXXKNT real xarajatlarining 2,3 martaga o`sishiga imkon berdi.

Mamlakatda investitsion faoliyat rivojlanishining asosiy ko`rsatkichlari asosiy kapital jamg`arilishning mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o`zlashtirish hisobiga barqaror o`sib borayotganligidan dalolat beradi. So`nggi yillarda (2001-2016 yillar) asosiy kapitalning jamg`arilish me`yori YAIM ning 25 foizini tashkil etdi, bu esa dunyoning rivojlangan va jadal rivojlanayotgan mamlakatlari ko`rsatkichlariga mos keladi.

2001-2016 yillar davomida asosiy kapitalning yalpi jamg`arilishi 5,4 barobardan ko`proqqa ortdi, o`rtacha yillik o`sish sur`ati esa 11,5% tashkil etdi, bu esa kuzatilayotgan davrdagi YAIM ning o`rtacha yillik o`sish sur`ati (7,3%) dan ko`proqni tashkil etadi.

3. Yalpi hududiy mahsulot.

Mustaqillik yillarida milliy iqtisodiyotning hududiy jihatdan muvozanatlashganligini ta`minlash va mintaqaviy nomutanosibligini kamaytirish O`zbekistonda davlat siyosatining ustivor vazifasiga aylandi.

8-rasm. 2016 yil uchun yalpi hududiy mahsulot, mlrd. so`m

Keyingi yillarda mamlakatning tarkibiy o`zgarishida hududlarning roli sezilarli darajada oshdi. Hududlarning iqtisodiy salohiyati va raqobatbardoshligini oshirishga yo`naltirilgan bir qator chora-tadbirlar qabul qilindi.

Maqsadli hududiy dasturlarning amalga oshirilishi natijasida Toshkent shahrida (2000 yil bilan taqqoslaganda 4,3 marta), Qoraqalpog`iston Respublikasida (3,5 marta), Jizzax (3,9 marta), Samarqand (3,8 marta), Namangan (3,5 marta), Andijon (3,3 marta), Surxondaryo (3,3 marta) viloyatlarida YAHM ning izchil o`sish su`atlari ta`minlandi. Shuningdek, kuzatilayotgan davr uchun YAHM ning o`rtacha yillik o`sish sur`ati Toshkent shahrida 109,6%, Qoraqalpog`iston Respublikasida 108,2 %, Jizzax viloyatida 109,0%, Samarqand viloyatida 108,7%, Namangan viloyatida 108,1%, Andijon viloyatida 107,9%, Surxondaryo viloyatida 107,8% ni tashkil qildi.

9-rasm. 2001-2016 yillarda YAHM ning o`sish sur`ati (2000 y.=100%)

2001-2016 yillarda YAHM ning nisbatan kichik o`rtacha yillik o`sish sur`ati o`rtacha respublika darajasi (107,3%) bilan taqqoslaganda Navoiy (104,5%), Farg`ona (105,8%) va Toshkent (106,5%) viloyatlarida kuzatildi.

O`zbekiston hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va iqtisodiy o`sish sur`atlaridagi notengliklar bir qator ob`ektiv sabablar – bozor islohotlarining dastlabki davridagi hududiy rivojlanish darajasi, hududning investitsion jozibadorligi, iqtisodiy-geografik rivojlanishi, infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi, innovatsion salohiyati va boshqa ko`pgina omillar bilan izohlanadi.

10-rasm. 2016 yilda YAIM ni shakllantirishda hududlarning ishtiroki (YAIM ga nisbatan foizda).

Respublika YAIM ni shakllantirishda YAHM ning ulushi bo`yicha Toshkent shahri 15,8 foiz bilan yetakchilik qildi. Toshkent va Qashqadaryo viloyatlari mos ravishda 10,3 va 7,5 foiz ko`rsatkich bilan keyingi o`rinlarni egallaydi.

YAHM ning eng kam ulushi Sirdaryo (2,1%), Jizzax (2,5%) viloyatlarida va Qoraqalpog`iston Respublikasida (3,3%) qayd etiladi.

3-jadval. Aholi jon boshiga yalpi ichki (hududiy) mahsulot (joriy narxlarda, ming so`m)

 

1995y.

2000y.

2005y.

2010y.

2016y.*

           

O`zbekiston Respublikasi

13,3

132,1

608,5

2 184,3

6 258,6

Qoraqalpog`isto
Respublika
si

9,0

72,2

333,2

1 095,0

3 612,7

viloyatlar:

         

Andijon

8,8

110,1

475,2

1 325,7

3 836,5

Buxoro

12,0

145,3

669,1

2 366,9

5 971,9

Jizzax

10,8

84,7

481,9

1 358,2

3 808,2

Qashqadaryo

10,7

107,7

552,8

2 196,3

4 872,3

Navoi

17,4

186,5

1 354,8

4 448,8

11 271,0

Namangan

9,9

88,5

342,6

1 111,9

3 374,2

Samarqand

9,0

98,1

400,7

1 244,0

3 886,6

Surxondaryo

7,8

94,6

379,3

1 163,8

3 764,0

Sirdaryo

17,3

131,8

578,9

1 738,6

5 258,7

Toshkent

13,7

148,9

740,0

2 463,1

7 300,9

Farg`ona

15,4

139,6

496,2

1 406,8

3 938,7

Xorazm

12,4

107,1

412,4

1 301,5

4 026,2

Toshkent sh.

18,0

186,0

884,9

3 782,4

13 068,8

*) dastlabki ma`lumotlar

11-rasm. 2001-2016 yillarda aholi jon boshiga YAHMning o`rtacha yillik o`sish sur`atlari.

Kuzatilayotgan davr uchun (2001-2016 yillar) aholi jon boshiga YAHM yillik o`rtacha o`sish darajasi bo`yicha Toshkent shahri (8,7%), Jizzax (7,1%), Samarqand (6,7%), Namangan (6,1%) viloyatlari, Qoraqalpog`iston Respublikasida (7,0%) dinamik o`zgarishlar qayd etildi. Bu esa asosan sanoat va xizmat ko`rsatish sohasining jadal sanoatlashishi natijasida ruy berdi.

Aholi jon boshiga YAHM ning hududiy differentsiatsiyasi bo`yicha tahlili shuni ko`rsatadiki, Toshkent shahrida bu ko`rsatkich o`rtacha respublika darajasidan 2,1 barobarga yuqori. Navoiy viloyatida bu ko`rsatkich 1,8 barobar, Toshkent viloyatida 1,2 barobarni tashkil etadi. Aholi jon boshiga YAHM ning hajmi bo`yicha hududlararo tafovut 3,9 barobarni tashkil qiladi.

12rasm. 2016 yilda aholi jon boshiga YAHM ning o`rtacha respublika darajasiga nisbati.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yo`nalishlari diversifikatsiyalash, resurslarga qaramlikni kamaytirish, yuqori ulushli qo`shilgan qiymatga ega tarmoqlarni rivojlantirish va yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni o`zlashtirish hisoblanadi. Mustaqillik yillarida O`zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi iqtisodiy o`sish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish va hududlarning investitsion jozibadorligini oshirishga yo`naltirilgan.

Hududlar iqtisodiyotini tashkil qilishning takomillashtirishga yo`naltirilgan chora-tadbirlar xom-ashyo ishlab chiqarishga yo`nalganligini bartaraf etishga, ishlab chiqarish-texnologik bazasini shakllantirish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi nomutanosibliklarni kamaytirish imkonini berdi.

13-rasm. 2016 yilda YAHM ning tarmoqlari bo`yicha tarkibi (jamiga nisbatan foizda).

4-jadval. Xizmatlarning YAIM (YAHM) dagi ulushi dinamikasi (yalpi qo`shilgan qiymatga nisbatan foizda)

 

1995y.

2000y.

2005y.

2010y.

2016y.*

           

O`zbekiston Respublikasi

39,8

42,5

41,4

46,9

49,5

Qoraqalpog`isto
Respublika
si

40,3

52,2

52,6

56,9

50,2

viloyatlar:

         

Andijon

31,2

33,0

28,2

39,4

44,1

Buxoro

33,6

32,4

31,0

33,2

39,2

Jizzax

34,0

37,7

34,3

41,3

44,7

Qashqadaryo

29,4

31,0

24,6

26,1

36,3

Navoi

25,5

28,1

21,0

21,9

26,0

Namangan

31,7

36,0

37,6

48,5

49,4

Samarqand

38,8

35,6

34,6

40,8

45,3

Surxondaryo

35,1

31,7

33,9

45,5

50,3

Sirdaryo

38,8

31,8

28,7

35,1

36,4

Toshkent

33,0

28,9

27,8

39,8

41,5

Farg`ona

30,2

36,8

36,5

46,2

51,0

Xorazm

30,0

34,6

35,6

47,5

46,9

Toshkent sh.

52,0

66,8

70,9

64,6

61,6

*) dastlabki ma`lumotlar

Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi, stat.uz

Если вы нашли ошибку, пожалуйста, выделите фрагмент текста и нажмите Ctrl+Enter.

Share

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

*